Italiya Bosh vaziri Djordja Meloni Rim Ispaniyaning Seuta avtonom shahriga noqonuniy migrantlar oqimi tufayli Ispaniya bilan Shengen kelishuvini to‘xtatib qo‘yishga tayyorligini e’lon qildi.
Italiya bosh vaziri bu haqda o‘zining ijtimoiy sahifasida yozdi.
Uning ta’kidlashicha, Seutadagi vaziyat nazoratsiz noqonuniy migrasiya Yevropa chegaralari xavfsizligiga tahdid solayotganini ko‘rsatadi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari ilgari so‘nggi hafta ichida Seuta shahriga Marokashdan 1500 dan ortiq migrant kelgani haqida xabar bergan edi. Migrantlar inqirozi sharoitida Ispaniya rasmiylari xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun avtonom shaharga qo‘shinlar joylashtirdi.