Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 10 yildan buyon birga yashab kelgan turmush o‘rtog‘i, jurnalist Andrea Jambruno bilan ajrashganini ma’lum qildi. Ularning yetti yoshli qizi bor.
Hafta avvalida Jambruno ishlaydigan Mediaset kanalidagi dastur efirida u behayo so‘zlar ishlatgani va hamkasbiga noz-karashma qilgani aks etgan video chiqib ketgandi. Avgustda esa jurnalist zo‘rlash qurboni bo‘lgan qizning o‘zini ayblagani uchun tanqidga uchragandi.