Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Italiya "Amazon"ni yana jarimaga tortdi

Italiya "Amazon"ni yana jarimaga tortdi

Italiyada Amazon onlayn-riteyleri 1 mlrd yevro jarimaga tortildi. Bu haqda ANSA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, jarima to‘g‘risidagi qaror mamlakat monopoliyaga qarshi organi tomonidan chiqarilgan bo‘lib, kompaniya bozordagi mavqeyini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

Regulyatorning ta’kidlashicha, Amazon bozordagi ustunligidan foydalanib, o‘z logistika xizmatlarini ilgari surmoqda. Kompaniya bu bilan elektron savdo sohasida xizmat ko‘rsatuvchi raqobatchi operatorlarga zarar yetkazmoqda.

An Italiyada birinchi marta jarimaga tortilishi emas. Noyabr oxirlarida raqobat me’yorlarini buzgani uchun kompaniyaga 68,7 mln yevro jarima solingandi.

Iyulda esa Yevropa antimonopoliya regulyatori Amazon kompaniyasini 887 mln dollar miqdoridagi jarimaga tortgan. Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblangan.

Kiritildi: 22:06 11.12.2021. O'qildi: 2427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!