Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

IT TISHLASA NIMA QILISh KERAK!

A A A
IT TISHLASA NIMA QILISh KERAK!

Quturish hayvonlar va odamlarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, miya va orqa miyaning og‘ir shikastlanishi bilan tavsiflanadi, har doim o‘lim bilan yakunlanadi.

Quturish kasalligi bilan uy va yovvoyi hayvonlar kasallanadi: itlar, mushuklar, qoramollar, qo‘ylar, bo‘rilar, tulkilar, shoqollar, bo‘rsiqlar, sassiqkuzanlar, shuningdek, turli xil kemiruvchilar.

Barcha hayvonlar turlarida quturish bir hil namoyon bo‘ladi, kasal hayvonlar tajovuzkor bo‘lib, qo‘rqmaydi va odamlarga hujum qiladi. Kasal hayvonlarda ko‘p so‘lak oqishi va bezovtalanuvchi xatti-harakatlar kuzatiladi.

Kasal hayvonlarning so‘laklari shikastlangan teriga, ko‘z, og‘iz va burun shilliq pardalariga tushsa, shuningdek, it, mushuk va yovvoyi hayvonlar tishlasi, tirnashi oqibatida odam quturish bilan kasallanishi mumkin.

Kasal hayvonlarning so‘laklari shikastlangan teriga, ko‘zning shilliq pardalariga, og‘iz va burunga tushsa, shuningdek, itlar, mushuklar yoki yovvoyi hayvonlar tomonidan tishlansangiz, tirnalsangiz, darhol quturishga qarshi emlash uchun shifokorga murojaat qilishingiz kerak!

Kasal hayvonlarning so‘laklari shikastlangan teriga, ko‘zning shilliq pardalariga, og‘iz va burunga tushganda, shuningdek, itlar, mushuklar va yovvoyi hayvonlar tomonidan tishlangan va tirnalganida, mumkin bo‘lgan quturish kasalligiga qarshi maxsus davolash kursi talab qilinadi.

Bunday davolanish kursi taxminan bir oy davom etadi va davolanishni rad etish mumkin emas, chunki quturish bilan kasallanish ehtimoli juda yuqori.

Chuqur bo‘lmagan tan jaroxatida, uni sovunli suv bilan oqava suv ostida yaxshilab yuvib tashlang. Xo‘jalik sovunini ishlatish yaxshiroqdir, chunki uning tarkibida virusga zararli ta’sir ko‘rsatadigan gidroksidi mavjud. Yarani 10-15 daqiqa davomida yuving. Agar yaqin atrofda suv va sovun bo‘lmasa, siz nam salfetkalardan foydalanishingiz mumkin.

Agar jaroxat chuqur bo‘lsa, qon ketishini to‘xtatishga urinmang, chunki jaroxat joyi qon bilan hayvonning tupugidan tozalanishi kerak, shundan so‘ng uni yaxshilab yuvish kerak, jaroxat joyi atrofidagi terini antiseptik (yod, vodorod perikisi, xlorgeksidin) bilan obrabotka qilish kerak, yaraning o‘ziga antiseptiklar kuyish mumkin emas. Keyin shikastlangan joyga steril bint bilani bog‘lov qo‘yilishi kerak, shundan so‘ng shoshilinch tarzda travmpunktga murojaat etishi kerak, agar u bo‘lmasa, xirurgiya va travmatologiya kabinetida jarohatni birlamchi jarrohlik tozalash va davolash amalga oshirilishi, keyin quturish va qoqsholga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi.

Noma’lum hayvonlar tomonidan tishlanganda quturishga qarshi emlash uchun quturishga qarshi vaksina va quturishga qarshi immunoglobulin qo‘llaniladi, ular belgilangan tartibda sxema bo‘yicha amalga oshiriladi va emlash 5 ta in’eksiyadan iborat - 0-kuni (davolash profilaktika muassasasiga murojaat etgan kuni), 3- kun, 7-kun, 14 va 28-kunlari amalga oshiriladi.

Egasi ma’lum bo‘lgan hayvonlar shu jumladan itlar tomonidan odamlar jabrlansa, hayvonlar shu jumladan itlar 10 kun davomida veterinariya kuzatuvidan o‘tkaziladi, agar hayvon o‘lmasa, qochib ketmasa, quturishga qarshi faqat 3 ta emlash amalga oshiriladi - 0-kuni (davolash profilaktika muassasasiga murojaat etgan kuni), 3-chi va 7-kuni.

Sanepidqo‘mita Axborot xizmati

Kiritildi: 12:31 27.07.2023. O'qildi: 14242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!