Ijtimoiy tarmoqlarda “IT park va INHA universiteti binolaridan biri yonayotgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot.
Bugun, 23 noyabr kuni soat 11:12 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani “Olimlar” MFY Shahriobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binolarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 11:25 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 24-qavatli qurilishi tugallanmagan “IT” park binosining 21-qavatida taxminan 5 kv.m. maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida qo‘shni binolarga zarar yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.