Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Istanbulning sobiq meri Ekrem Imamo‘g‘lu prokurorni haqoratlash va unga tahdid qilishda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilindi

Istanbulning sobiq meri Ekrem Imamo‘g‘lu prokurorni haqoratlash va unga tahdid qilishda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilindi

Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muxolif siyosatchi Ekrem Imamo‘g‘lu “mansabdor shaxsni xizmat vazifasini bajarayotganida omma oldida haqoratlaganlik va tahdid qilganlik” aybi bilan 1 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mazkur jinoiy ishga 2025 yilning yanvar oyida Imamo‘g‘luning Istanbul bosh prokurori Akin Gyurlekga qarata aytgan fikrlari asos bo‘lgan. Siyosatchining qaysi bayonotlari bunga jinoiy ish qo‘zg‘ash uchun asos bo‘lgani ochiqlanmagan.

Imamo‘g‘lu ushbu ayblovni tan olmadi va o‘ziga nisbatan “jiddiy sud ta’qiblari” bo‘layotganini bildirdi.

Mart oyida muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi vakili va Istanbul meri bo‘lgan Ekrem Imamo‘g‘lu korrupsiya va terroristik tashkilotlar bilan aloqadorlikda ayblanib, qo‘lga olingan edi. Keyinchalik u hibsga olingan bo‘lsa-da, yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlarida Jumhuriyat xalq partiyasi tomonidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.

Siyosiy tahlilchilar Ekrem Imamo‘g‘luni amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy raqibi sifatida ko‘rishadi.

Kiritildi: 18:59 16.07.2025. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!