Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Istanbulga uchayotgan fuqaro 16 050 AQSh dollarini yashirib olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Istanbulga uchayotgan fuqaro 16 050 AQSh dollarini yashirib olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti chegara-bojxona xodimlari hamda AXTX xodimlari bilan hamkorlikda “Toshkent-Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi.

Natijada fuqaro shimining chap cho‘ntagidan va bir dona jigarrang qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, olib chiqish me’yoridan ortiq bo‘lgan, jami 16 050 AQSh dollari (bugungi kundagi qiymati 203 mln 962 ming 597 so‘m) borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:45 13.09.2024. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!