Turkiyaning muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi yetakchisi O‘zg‘ur O‘zelga bir kishi hujum qildi. Bu haqda Yeni Safak xabar bermoqda.
"O‘zg‘ur O‘zel dafn marosimidan so‘ng Otaturk madaniyat markazidan chiqib ketayotganda hujumga uchradi", — deyiladi nashrda.
Siyosatchiga musht tushirgan hujumchi darhol qo‘lga olindi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning matbuot kotibi Fahrettin Altunning aytishicha, davlat rahbari allaqachon O‘zelga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq sog‘ayib ketishini tilagan va voqea yuzasidan tergov jarayonini shaxsan kuzatib borayotganini aytgan.