Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralarining ikkinchi bosqichi boshlandi

Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralarining ikkinchi bosqichi boshlandi

Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda, delegasiyalar tarkibi esa oshkor etilmagan.
"RIA Novosti” muzokaralar allaqachon boshlanganini xabar berdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokaralar oldidan ushbu uchrashuvda "yuqori darajali diplomatlar va ekspertlar" ishtirok etishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv natijasida muzokaralar qanchalik tez va samarali davom etishi mumkinligi ayon bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio tomonlar elchixonalar xodimlari sonini tiklashga kelishib olganini e’lon qildi. Keyinchalik Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Moskva va Vashington diplomatik idoralar faoliyatini odatiy rejimda tiklashga kelishib olganini tasdiqladi.

Kiritildi: 15:52 27.02.2025. O'qildi: 1397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!