Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Istanbulda eng katta kutubxona ochildi

Istanbulda eng katta kutubxona ochildi

Istanbulning Ayyub Sulton mavzesida joylashgan Rami kutubxonasi 4200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalar, raqamli, yoshlar, kattalar va turli ixtisoslashtirilgan kutubxonalar mavjud.

Shuningdek, kutubxonada zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida 24 soatlik o‘quv zallari, bolalar bo‘limi, guruh va individual o‘quv zallari ham mavjud. Bundan tashqari, 36 ming metr kvadrat yopiq maydonda 2,5 mln jildni o‘z ichiga olgan kutubxonaning 51 ming metr kvadrat ko‘kalamzorlashtirilgan maydoni uni Yevropadagi eng katta yopiq landshaft maydoniga ega kutubxonaga aylantirdi.

Shu bilan birga, kutubxonada daraxtlar bilan o‘ralgan ming metr kvadrat sun’iy hovuz ham mavjud.

Kiritildi: 21:39 17.01.2023. O'qildi: 2432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!