Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning zarbasi natijasida yana bir eronlik yadro fizikasi halok bo‘ldi

Isroilning zarbasi natijasida yana bir eronlik yadro fizikasi halok bo‘ldi

Yadroviy fizik Muhammad Siddiq Sobiriy kecha tunda Eron shimolidagi Gilon viloyatida Isroilning hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Bu haqda Eron OAVlari xabar bermoqda.

"Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yadrochi olim Siddiq Sobiriyning qaynotasi uyiga uchta snaryad tushgan", — deya xabar berdi Baran mintaqaviy telekanali. Qayd etilishicha, avvalroq olimning Tehrondagi uyiga uyushtirilgan hujum natijasida uning o‘g‘li halok bo‘lgan, shundan so‘ng fizik olim G‘ilondagi qaynotasiga panoh topgan.

"Qalanshahr" nashri olimning so‘nggi hujum oqibatida halok bo‘lganini xabar qildi.

Kiritildi: 08:21 24.06.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!