Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilning Livanning Nabatiya shahriga havo hujumi oqibatida 8 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Isroilning Livanning Nabatiya shahriga havo hujumi oqibatida 8 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Isroil harbiylari Livan janubidagi Nabatiya shahriga havo zarbasini amalga oshirdi. Hujum oqibatida sakkiz nafar tinch aholi halok bo‘ldi, ular orasida to‘rt nafar bola va uch ayol bor.

Livanning rasmiy NNA axborot agentligi tarqatgan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida qayd etilishicha, jarohat olganlar mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan.

Bundan tashqari, NNA agentligi Isroil dronlari Livanning yana bir shahri — Yaterga ham hujum qilgani haqida ma’lum qildi.

Kiritildi: 13:25 16.09.2025. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!