Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Isroilning Livanga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3700 nafardan oshdi

Isroilning Livanga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3700 nafardan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida Isroilning Livan janubidagi shahar va qishloqlarga bergan havo hujumlari 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va yana 70 kishi jarohat oldi.

Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"2 mart kuni harbiy kuchayish boshlanganidan beri halok bo‘lganlarning umumiy soni 3711 kishiga, yaradorlar soni esa 11483 kishiga yetdi", deyiladi bayonotda.

Tir shahri va uning atrofidagi hududlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda va kun oxiriga qadar halok bo‘lganlar va yaradorlar soni ko‘payishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 09:31. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!