Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Isroilning Livanga uyushtirgan hujumida 12 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livanga uyushtirgan hujumida 12 kishi halok bo‘ldi

Livan sharqida Isroilning havo hujumi natijasida kamida 12 nafar “Hizbulloh” a’zosi halok bo‘ldi.

Bu haqda Lebanon 24 yangiliklar portali tibbiy manbalarga tayanib xabar bergan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 37 nafar yarador kasalxonalarga yetkazilgan.

Rayyak shahridagi qurolli kuchlar shtab-kvartirasi va Bekaa vodiysidagi Ksar Naba va Badnayil shaharlari orasida joylashgan dala lageri bombardimon qilingan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida “Hizbulloh”ning uch nafar harbiy rahbari bor: Ali Zayd al-Musaviy, Ibrohim al-Musaviy va Husayn Yag‘iy.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!