Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Livanga hujumlari qurbonlari soni 4,3 mingdan oshdi

 Isroilning Livanga hujumlari qurbonlari soni 4,3 mingdan oshdi

Isroil va Livan o‘rtasida amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga qaramay, Isroil janubiy Livanga zarbalar berishda davom etmoqda.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning 2 martdan buyon olib borayotgan harbiy amaliyotlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 319 nafarga yetgan, yana 12 203 kishi turli darajada jarohat olgan.

Yakshanba kuni ham mamlakat janubiga qilingan hujumlar davom etdi. Davlatning NNA axborot agentligi ma’lum qilishicha, Isroil dronlari Kfar-Tebnit va Barashit aholi punktlariga zarba bergan. Shuningdek, ushbu hududlarda artilleriya va pulemyotlardan ham o‘q uzilgan.

Bundan tashqari, Isroil harbiylari Kunin shahridagi bir nechta turar joy binolarini portlatgan.

Shu kuni avvalroq Yuqori Nabatiya hududida avtomobilga dron orqali berilgan zarba oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Ular orasida o‘z uyini tekshirish uchun kelgan ayol, uning onasi va ikki nafar xorijiy fuqaro ham bo‘lgan.

Hujumlar 26 iyun kuni AQSh vositachiligida Isroil va Livan o‘rtasida imzolangan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ramkaviy kelishuv, shuningdek, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar doirasida Livanga ham tatbiq etilishi aytilgan kelishuvlarga qaramay davom etmoqda.

Kiritildi: 22:07 08.07.2026. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!