Isroilning G‘azoga yangi hujumlari oqibatida 124 ming falastinlik o‘z uyini tark etdi. Bu haqda BMT xabar berdi.
"Isroil G‘azo sektoriga hujumlarini qayta boshlab, evakuasiya qilish to‘g‘risida buyruq berganidan so‘ng 124 mingga yaqin falastinlik yana o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Isroilning Rafahdagi so‘nggi evakuasiya buyrug‘idan so‘ng G‘azo sektorining 14 foiz hududi xavfli zonaga aylangan", — deya ma’lum qildi BMT vakili Stefan Dyujarrik.