Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Isroilning G‘azoga qilgan navbatdagi zarbasida 100 dan ziyod inson halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga qilgan navbatdagi zarbasida 100 dan ziyod inson halok bo‘ldi

G‘azo sog‘liqni saqlash idorasi xabar berishicha, SAXAL sektor shimolida joylashgan Bayt-Lohiya qishlog‘iga uyushtirgan hujum natijasida 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ular orasida bolalar ham bor. O‘nlab odam jabrlandi.

Shifokorlar va yaqin atrofdagi Kamol Advan kasalxonasi direktori so‘zlariga ko‘ra, muassasa yaradorlar bilan to‘lgan. Bir kun avval Isroil harbiylari ushbu kasalxonaga reyd o‘tkazgan va qarshilik ko‘rsatishga uringanlarni hibsga olgan. G‘azoda amaliyot boshlangandan beri 43 mingdan ko‘p odam qurbon bo‘lgan, jabrlanganlar soni 100 mingdan oshgan.

Isroil so‘nggi haftalarda e’tiborni Livan va Eronga qaratgan bo‘lsa-da, G‘azo shimolidagi keng ko‘lamli urush ham davom etib, ketma-ket havo hujumlari uyushtirilmoqda.

Isroil tomoni zarbalar nishonida jangarilar ekanini ta’kidlanib, XAMAS tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishda ayblangan.
Isroilning G‘azo shimolidagi xujumi markazi Jebaliya qochqinlar qo‘nalg‘asida yuzlab falastinlik halok bo‘lgan, o‘n minglab odam uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Avval xabar qilinganidek, portlash oqibatida ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Bayt-Lohiya shahridagi besh qavatli turar-joy inshooti vayron bo‘lgan. Binoda 200 ga yaqin odam bo‘lgan.

Kiritildi: 22:48 31.10.2024. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!