Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dnestrbo‘yida barcha korxonalar to‘xtab qoldi

Dnestrbo‘yida barcha korxonalar to‘xtab qoldi

Ayirmachi Dnestrbo‘yida Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sababli ishlab chiqarish to‘xtab qolgan.

Bu haqda "Iqtisodiy rivojlanish vaziri" Sergey Obolonik ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1 yanvar kuni ertalab soat 08:00 dan boshlab, “Gazprom” Ukraina hududi orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatgach, barcha sanoat korxonalari o‘z ishini to‘xtatgan.

5-yanvarga qadar aholi tomonidan iste’mol qilinadigan energiya miqdori va korxonalar ehtiyojlariga qancha miqdorda ajratilishi mumkinligi aniq bo‘ladi.

Agar gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammoni hal qilib bo‘lmasa, u holda kompaniyalar qayta ishga tushirish imkoniyatini yo‘qotadi.

Kiritildi: 21:15 02.01.2025. O'qildi: 3291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!