Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilning G‘azoga havo hujumlari oqibatida 10 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida chaqaloq ham bor

Isroilning G‘azoga havo hujumlari oqibatida 10 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida chaqaloq ham bor

Isroil armiyasining qamal ostidagi G‘azo sektoriga qilgan navbatdagi tonggi havo hujumlari natijasida kamida 10 falastinlik halok bo‘ldi. Marhumlar orasida bir chaqaloq ham bor. Yana ko‘plab insonlar jarohat oldi.

"Anadolu" agentligiga tibbiyot muassasalaridagi manbalar ma’lum qilishicha, hujum G‘azaning g‘arbida joylashgan Al-Rimal tumanidagi tibbiy markazga amalga oshirilgan. U yerda ichki ko‘chirilgan falastinliklar joylashgan edi.

Hujum oqibatida 6 kishi, shu jumladan bir chaqaloq halok bo‘lgan, 15 kishi esa tan jarohati olgan.

G‘azadagi vaziyat tobora yomonlashmoqda. Harbiy harakatlar natijasida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni ortib bormoqda.

Kiritildi: 17:48 07.07.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!