Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

"Favqulodda xizmatlar xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni G‘azo markazida amalga oshirilgan Isroil havo hujumi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, ularning olti nafari suv to‘ldirish uchun navbatda turgan bolalar bo‘lgan", deyiladi nashr xabarida.

Guvohlarning aytishicha, Isroil droni Al-Nuseyrat qochqinlar lageridagi suv sisternasi yonida bo‘sh idishlar bilan turgan odamlarga raketa yo‘llagan. Isroil harbiylari hozircha ushbu hodisaga izoh bermadi.

Qizil Xoch jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, 27 mayda G‘azoda yangi oziq-ovqat tarqatish punktlari ochilganidan beri shifoxonalar 3400 dan ortiq jarohatlangan kishini qabul qilgan, 250 dan ortiq o‘lim holati qayd etilgan. Bu o‘tgan yil davomida ro‘y bergan shu kabi holatlarda barcha jabrlanganlardan ko‘proq hisoblanadi.

Kiritildi: 18:28 14.07.2025. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!