Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi natijasida jurnalist va uning oilasi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi natijasida jurnalist va uning oilasi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan havo hujumida falastinlik jurnalist Muhammad Solih al-Berdavil, uning rafiqasi va uch farzandi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.

Isroil armiyasi jurnalistning uyiga hujum qilib, butun oilani o‘ldirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroil hujumlari boshlanganidan buyon halok bo‘lgan OAV vakillari soni 209 nafarga yetgan. Bundan tashqari, tibbiy manbalarga ko‘ra, Isroilning G‘azoni o‘qqa tutishi vaqtida avval yaralangan bola halok bo‘lgan.

Isroil armiyasi ham G‘azo shahri va Jabaliyaning sharqiy tumanlariga katta zarba berishda davom etmoqda.

Kiritildi: 17:31 01.04.2025. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!