Isroilning G‘azo sektori markaziy va janubiy hududlariga bergan aviazarbalari natijasida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Bu haqda tibbiy manbalarga tayanib, "Al-Jazira" telekanali xabar berdi.
"Isroilning chorshanba kuni ertalab G‘azo sektorining markaziy va janubiy hududlariga uyushtirgan hujumlari natijasida 21 kishi halok bo‘ldi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Xabar qilinishicha, zarbalar Xon Yunis va Rafah shaharlaridagi turar-joy binolari va qochqinlar chodirlarini o‘z ichiga olgan.
Isroil Mudofaa vaziri Izrel Kas G‘azo sektoridagi Isroil armiyasi operasiyalari kengaytirilganini ma’lum qildi.