Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) Eronning Xondab shahridagi og‘ir suv zavodiga qilingan zarbalardan so‘ng radiasiya tarqalishi xavfi yo‘qligini ma’lum qildi.
Bu haqda MAGATE ijtimoiy tarmoq sahifasida bayonot berdi.
"Ob’ektda e’lon qilingan yadroviy material yo‘qligi sababli, radiasiya xavfi aniqlanmadi", deb ta’kidlangan bayonotda.
Agentlik o‘qqa tutilgan ob’ekt haqidagi ma’lumot Eron tomoni tomonidan taqdim etilganini aniqladi.