"Makkabi Tel-Aviv" muxlislari Yevropa ligasi doirasida "Aston Villa"ga qarshi safar o‘yiniga kira olmaydigan bo‘lishdi.
Gap shundaki, ingliz polisiyasi stadion tashqarisidagi jamoat xavfsizligi va o‘sha oqshom har qanday norozilik namoyishlari bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.
O‘z o‘rnida “Aston Villa” rahbariyati ham 6 noyabr kuni isroillik muxlislar “Villa Park”ga kirgizilmasligin tasdiqlagan.