Isroillik tahlilchilarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliyaning Falastin davlatini rasman tan olishi ortidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu o‘z siyosatini davom ettirish orqali aynan shu davlatning tashkil topishiga zamin yaratmoqda.
Walla sayti tahlilchisi Nir Kipnis va Yedioth Ahronoth gazetasi sharhlovchisi Limor Livnat maqolalarida xalqaro bosimni “siyosiy sunami” deb atashdi va bu jarayonni aynan Netanyahuning xatti-harakatlari keltirib chiqarganini ta’kidlashdi.
Kipnisning qayd etishicha, G‘arbiy sohilni anneksiya qilish qarori Isroil davlatining oxiri bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, u AQSh siyosatidagi o‘zgarishlar Isroilni yo xalqaro hamjamiyat bosimiga bo‘ysunishga, yoki yopiq rejimga aylanishga majbur qilishi haqida bashorat qildi.
Livnat esa “Falastin davlati Netanyahu idorasida yaratilmoqda”, deb yozdi va bosh vazirning ichki siyosiy bosim hamda xalqaro boykotlarga e’tibor qaratmayotganini, dunyo esa Isroilni tobora yolg‘iz qolayotgan davlat sifatida ko‘rayotganini ta’kidladi.