Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Isroildagi xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

Isroildagi xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2023 Xalqaro O‘rtayer dengizi sayyohlik yarmarkasi (“The International Mediterranean Tourism Market”) bo‘lib o‘tmoqda.

Isroildagi xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

Yarmarkada Madaniyat va turizm vazirligi, «Milliy PR-markazi» DUK, «Uzbekistan Airways» AJ hamda sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etmoqda.

Isroildagi xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

Bugun yarmarka doirasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining «Uzbekistan – The Crossroad of Civilizations. Tourism Potential of Uzbekistan» mavzusidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimot xorijlik mutaxassislar, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

“O‘zbekistonning yarmarkadagi taqdimoti boshqa delegasiyalarnikidan farqli ko‘rinish oldi. Men vataningizning tarixda tutgan o‘rni va boy madaniy merosidan boxabarman, – dedi Isroildagi «MSC Cruises» turistik kompaniyasi bo‘lim rahbari Marina Kovalerchik. – Bugungi taqdimotdan so‘ng O‘zbekistonda bo‘lish va unga bog‘liq yangi loyihalarni amalga oshirish fikrim yanada qat’iylashdi. Men bu yerda bir qancha turistik tashkilotlar bilan yevropaliklarning O‘zbekistonga tashrifini kengaytirish borasida fikr almashdim”.

Bundan tashqari, mashhur o‘zbek oshpazi Bahriddin Chustiy va Buxoro yahudiylari avlodidan bo‘lmish isroillik oshpaz Yisrael Aharoni tomonidan «Gastronomy of Uzbekistan» mavzusidagi qo‘shma taqdimot ham o‘tkazildi. Taqdimot yakunida mahorat darsi ham tashkil etildi. Shuningdek, yarmarka ishtirokchilari va mehmonlari o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rishdi. O‘zbek xonandalari va sozandalarining milliy, musiqiy chiqishlari esa xorijlik ishtirokchilarni yanada hayratlantirdi.

Isroildagi xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

Isroildagi xalqaro yarmarkada O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

Qayd etish joizki, yarmarkada Belarus, Chernogoriya, Vengriya, Fransiya, Gresiya, Ozarbayjon, Portugaliya, Yaponiya, Qirg‘iziston, Litva, Turkiya, Slovakiya, Gruziya, Janubiy Koreya, Chexiya, Ispaniya kabi davlatlar ham o‘z stendlari bilan qatnashmoqda. Ko‘rgazmada jami 25 000 dan ortiq mehmonlar ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, yarmarka doirasida ertaga, 15 fevral kuni «Ennis Culture Centre» madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

IMTM-2023 xalqaro ko‘rgazmasida Isroil turoperatorlari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari va qo‘shma turlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish hamda joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, IMTM xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi Isroilning turizm sanoati uchun professional ko‘rgazma va Sharqiy O‘rtayer dengizidagi eng muhim va yirik sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi. O‘zbekiston IMTMda 2017 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Kiritildi: 00:32 15.02.2023. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!