Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroilda Xitoy avtomobillaridan ommaviy voz kechilmoqda

Isroilda Xitoy avtomobillaridan ommaviy voz kechilmoqda

Isroil armiyasida ofiserlardan Xitoyda ishlab chiqarilgan xizmat avtomobillari olib qo‘yilmoqda — bu rasman josuslik xavfi deb tan olindi.

Harbiylar shu fikrdaki, avtomobillarda o‘rnatilgan kameralar, datchiklar va aloqa tizimlari ma’lumotlarni to‘plab, ularni Xitoydagi serverlarga yuborishi mumkin.

Isroil Mudofaa vazirligi va SAXAL (Isroil Mudofaa Kuchlari) bosqichma-bosqich bu avtomobillardan voz kechishni boshladi. Buning natijasida yuzlab mashinalar — asosan ko‘p bolali ofiserlarga berilgan CHERY markasidan bo‘lgan yetti o‘rinli avtomobillar — xizmatdan olib tashlanmoqda.

❌ Hozirda xitoy avtomobillariga harbiy bazalarga kirish taqiqlangan, 2026 yil boshiga kelib esa ularni butunlay ishlatishdan voz kechish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:29 03.11.2025. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!