Isroil Knesseti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy qiluvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Bu haqda parlament matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Milliy xavfsizlik qo‘mitasi terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi", — deyiladi xabarda. Knesset qonun loyihasini 2023 yil 1 martda dastlabki o‘qishda ma’qulladi. Qonun loyihasini hukumat koalitsiyasining bir qismi bo‘lgan o‘ta o‘ngchi "Yahudiy kuchi" partiyasi deputati Limor Son Xar-Melex taklif qilgan.
The Jerusalem Post nashrining yozishicha, qonun loyihasida "qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida Isroil fuqarosining o‘limiga sabab bo‘lgan, irqchilik yoki muayyan guruhga nisbatan nafrat tufayli sodir etilgan" har bir kishi uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan.
The Times of Israel nashrining yozishicha, Knesset terrorchilar uchun o‘lim jazosi haqidagi qonun loyihasini 5 noyabrdayoq birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishi mumkin.