Eronning Tel-Aviv chekkasidagi turar-joy binosiga raketa zarbasi berishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Times of Israel nashri xabar berdi.
Times of Israelnashrining yozishicha, Tel-Avivning Bat-Yam chekkasida halok bo‘lganlar orasida ikki bola ham bor. Yana 137 kishi jarohatlangan, 35 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. Binoning o‘zi qulash xavfi ostida, qutqaruvchilar ichkarida qolgan jabrlanganlarni topishga shoshilmoqda.