Isroil poytaxti Tel-Avivda 500 mingga yaqin kishi G‘azodagi urushga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, 18 avgust kuni bo‘lib o‘tgan namoyish ishtirokchilari Netanyahu hukumatini G‘azodagi asirlarni qaytarish uchun HAMAS bilan kelishuvga erishishga chaqirgan.
"500 mingga yaqin odam qatnashgan norozilik namoyishi umummilliy ish tashlash bilan birga o‘tkazildi. Namoyishchilar asosiy yo‘llarni yopib qo‘ydi", deya yozdi The Jerusalem Post.