Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil yil oxirigacha yuqori quvvatli lazerga asoslangan Iron Beam havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirmoqchi

Isroil yil oxirigacha yuqori quvvatli lazerga asoslangan Iron Beam havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirmoqchi

Isroil yil oxirigacha yuqori quvvatli lazerga asoslangan Iron Beam havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Isroil Mudofaa vazirligi.

Iron Beam (“Temir nur” ) deya nomlangan ushbu tizim sentyabr oyida ekspluatasiya sinovlarini yakunlagan va dunyodagi birinchi jangovar shay lazerli tutib olish tizimiga aylangan edi.

Quvvati 100 kilovattga teng bo‘lgan lazerli qurol nishonlarni soniyalar ichida yo‘q qilishga qodir va shu bilan birga an’anaviy raketa tutib oluvchilarga nisbatan bir necha barobar arzon tushadi.

Bir necha hafta davom etgan sinovlar chog‘ida Iron Beam raketalarni, dronlarni va boshqa turdagi havo nishonlarini muvaffaqiyatli tutib olgan va yo‘q qilgan. Isroil Mudofaa vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, lazer jang sharoitiga iloji boricha yaqinlashtirilgan vaziyatlarda “aniq va ishonchli” ishlashni namoyish etgan.

"Isroilda mavjud tizimlar raketalar va ballistik nishonni tutib olishda 90–95 foiz samaradorlikka ega bo‘lsa-da, dronlar va pastdan uchuvchi uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi ancha qiynaladi. Ayrim hollarda samaradorlik taxminan 50 foiz atrofida. Yangi lazer aynan kichik va sekin, yerga yaqin balandlikda uchadigan nishonlarni yo‘q qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan", deyiladi Isroil Mudofaa vazirligi bayonotida.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!