Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil Yaqin Sharqda qurolli guruhlarga qarshi alyans tuzmoqchi

Isroil Yaqin Sharqda qurolli guruhlarga qarshi alyans tuzmoqchi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Yaqin Sharqda qurolli guruhlarga qarshi davlatlar alyansini tuzish masalasini muhokama qilish niyatida.

The Times of Israel xabariga ko‘ra, bu haqda Netanyaxu haftalik hukumat yig‘ilishi avvalida ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Modining rasmiy tashrifi doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, diplomatik aloqalarni mustahkamlash va xavfsizlik sohasida sheriklikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Netanyaxu Isroil Yaqin Sharq atrofida yoki uning ichida o‘ziga xos “alyanslar oltiburchagi”ni shakllantirishni maqsad qilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday birlashma radikal kuchlarga qarshi o‘xshash qarash va maqsadlarga ega davlatlar o‘qini yaratishga qaratilgan.

Rejaga ko‘ra, alyansga Isroildan tashqari Hindiston, Gresiya, Kipr hamda ayrim arab, afrika va osiyo davlatlari kirishi mumkin. Shuningdek, tomonlar yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt va kvant texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Narendra Modi o‘sha kuni Knessetda nutq so‘zlaydi.

Kiritildi: 23:07 22.02.2026. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!