Isroil mudofaa vaziri Isroel Kas Isroil Eronga qarshi harbiy operasiyalarni qayta boshlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Erondagi missiyamiz hali tugallanmagan, biz yaqin kelajakda harakat qilishga tayyormiz».
Avvalroq Saudiya Arabistoni Eron va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasida hujum qilmaslik paktini taklif qilgan edi. Bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari va institutlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni kelajakdagi mojarolarning oldini olish uchun muhim qadam sifatida baholagan.