Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil va’dasida turmaydi

A A A
Isroil va’dasida turmaydi

Falastinning HAMAS qarshilik harakati taklif qilingan otashkesim va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv shartlariga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, harakat BMT hamda Xitoy, Rossiya va Turkiyaning sionistlar bilan erishilgan har qanday kelishuvda kafil bo‘lishini istaydi. Ushbu talablar AQSh va Isroil tomonidan rad etilgan.

Falastinning HAMAS qarshilik harakati taklif qilingan otashkesim va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv shartlariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda "Al Majalla" nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, harakat BMT hamda Xitoy, Rossiya va Turkiyaning sionistlar bilan erishilgan har qanday kelishuvda kafil bo‘lishini istaydi.

Ushbu talablar AQSh va Isroil tomonidan rad etilgan.

Boshqa tuzatishlar sirasiga doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarining G‘azodan, jumladan, Rafah va Misr-G‘azo chegarasidan olib chiqilishi uchun yangilangan vaqt jadvallari mavjud.

Bundan tashqari, HAMAS AQShdan doimiy otashkesim va Isroil ishg‘ol kuchlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish haqidagi yozma kafolat berishini so‘ramoqda.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken HAMASning bu kabi shartlarini qabul qilib bo‘lmasligini aytib chiqdi.

Kiritildi: 11:20 14.06.2024. O'qildi: 1748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!