Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil va HAMAS orasida sulh bo‘yicha kelishuv yaqin

Isroil va HAMAS orasida sulh bo‘yicha kelishuv yaqin

Isroil va Falastindagi HAMAS harakati Gaza sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda muvofaqqiyatga yaqinlashdi, deb xabar beradi Israel Ha-Yom nashri. Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS muzokaralarda mo‘’tadil yondashuv namoyon qilgan.

Kelishuv doirasida:

  • 1-kun: HAMAS 8 nafar tirik garovdagini ozod qiladi, shuningdek 6 nafarning jasadini qaytaradi;

  • Qo‘shimcha ravishda yana 2 nafar 60 kunlik sulh davrida ozod qilinadi;

  • Isroil esa falastinlik mahkumlarning bir qismini ozod qiladi.

Sulh jarayonining 60 kunlik muddati davomida tomonlar urushni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.

HAMAS avvalgi talablaridan — ya’ni:

  • boshqa urush harakatlari tiklanmasligiga kafolat so‘rash va

  • Isroil qo‘shinlarining Gazadan to‘liq chiqib ketishi
    talablaridan voz kechdi.

Kiritildi: 18:47 17.06.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!