"Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS bilan urush boshlanganidan buyon Livan, G‘azo (Falastin) va Suriyada jami 1000 kvadrat kilometrga (100 ming gektar) yaqin hududni egallab oldi. Isroil nazoratiga o‘tgan yerlar mamlakatning 1949 yilgi hududining qariyb 5 foiziga teng", deya xabar bermoqda Financial Times nashri.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, bosib olingan yerlarning yarmidan ko‘pi Livan janubiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda Isroil kuchlari 12 kilometrgacha ichkariga kirgan. Ular 16 apreldagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyin “bufer zona” yaratdi.
"Qolgan hududlar G‘azo sektori va Suriyaga tegishli. Hozirda Isroil armiyasi anklavning yarmidan ko‘pini egallab turibdi. Isroil harbiylari Asad rejimi qulaganidan keyin Suriya ichkarisiga ham bir necha kilometr kirdi va u yerda o‘z pozisiyalarini o‘rnatdi. Ma’lum bo‘lishicha, Isroil harbiylari ushbu uchta hududda aviazarbalar, artilleriya otishmalari va reydlar orqali o‘z nazoratini saqlab turibdi", deyiladi maqolada.