Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil tinchlik jarayonini izdan chiqarmoqda — The New York Times

Isroil tinchlik jarayonini izdan chiqarmoqda — The New York Times

HAMASning sulh bo‘yicha kelishuv buzilganiga doir ayblovlari tasdiqlanmoqda: The New York Times (NYT) nashriga ko‘ra, uch nafar isroillik rasmiy va ikki vositachining aytishicha, Isroil o‘z majburiyatlarining bir qismini bajarmagan.

Xususan, Tel-Aviv sulhning birinchi bosqichi doirasida G‘azo sektoriga yuz minglab chodirlarni kiritishi kerak edi, biroq bu amalga oshmagan. Muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, bu esa mahbuslar almashinuvi va o‘t ochishni to‘xtatish jarayoniga xavf solmoqda.

🔹 Muzokaralardagi yana bir muammo — Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning harakatlari. U sulhni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni cho‘zmoqda. Muzokaralar o‘tgan hafta boshlanishi kerak edi, biroq Netanyaxu vositachi sifatida qatnashayotgan Qatar bilan muloqot uchun delegasiya yuborishni shu haftagacha kechiktirdi.

🔹 NYT nashrining qayd etishicha, Isroil delegasiyasiga uch kishi kiritilgan bo‘lib, ular avval muzokaralarda qatnashmagan. Ularning vazifasi faqat tinglash bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borish emas edi.

Bu holat Netanyaxu sulhni uzaytirishga intilish o‘rniga, jarayonni cho‘zmoqchi bo‘lishi mumkinligidan darak beradi.

Kiritildi: 14:59 12.02.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!