Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Eron hududidan Isroil hududiga qarata raketalar uchirildimi?

Eron hududidan Isroil hududiga qarata raketalar uchirildimi?

Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni yo‘q qilish ustida ishlamoqda. So‘nggi daqiqalarda Isroil Mudofaa vazirligining xavfsizlik bo‘limi tegishli hududlardagi mobil telefonlarga oldindan ogohlantirish xabarlarini tarqatdi.

Jamoatchilikdan hayotlarini saqlab qolish uchun mas’uliyatli bo‘lish va ko‘rsatmalarga amal qilish so‘ralmoqda.

“Ogohlantirish olgan taqdirda himoyalangan xonaga kirish va yangi bildirishnoma kelguniga qadar shu yerda qolish zarur. Himoyalangan xonadan chiqish faqat aniq ko‘rsatma berilgach mumkin, va Mudofaa vazirligi xavfsizlik bo‘limi ko‘rsatmalariga rioya qilishda davom etish lozim”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!