Isroil samolyotlari Tehronga yana bir hujum paytida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) havo kuchlari shtab-kvartirasini vayron qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi vakili brigada generali Efi Defrin ma’lum qildi.
"Biz Eronga qarshi kuchli zarbalar berishda davom etamiz. Hujum natijasida biz IIQK havo kuchlari shtab-kvartirasini vayron qildik. Ushbu hujum shuningdek, Isroilga zarbalar berish uchun tayyorlangan uchuvchisiz uchish apparatlari zaxiralarini ham yo‘q qildi", dedi u brifingda.