Eron parlamenti raisi Muhammadboqir Qolibof X dagi sahifasida Oq uy rahbariga murojaat yo‘llab, urushni Tramp boshlaganini, lekin uni Eron yakunlashini aytgan.
«Tramp neft narxi juda oshmaydi degan edi. Endi esa oshganidan keyin tez orada to‘g‘irlanadi deyapti. Agar urush shu tarzda davom etsa, na neftni sotish yo‘li qoladi, na uni ishlab chiqarish imkoniyati. Bu faqat AQSh manfaatlarini emas, balki mintaqa va butun dunyo manfaatlarini ham Netanyaxuning xom xayollari yo‘lida yoqib yuboradi.
Bu urushni siz boshladingiz, lekin uni Islom Respublikasi yakunlaydi. Qanday qilib deysizmi? Bilmayman, iltimos keyingi savolni bering», deb yozgan Qolibof.