Bu haqda bugun, 8 mart kuni Ekspertlar kengashi a’zosi Muhammad-Mehdi Mirboqiriy davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida ma’lum qildi.
"Ekspertlar kengashining muhtaram a’zolari shu kunlarda Oliy rahbar nomzodini belgilash uchun bor kuch-g‘ayratlarini sarfladilar va bu ishda muvaffaqiyatsizlikka uchramadilar. Ko‘pchilikning fikrini ifoda etuvchi qat’iy va yakdil to‘xtamga kelindi", — dedi u.
Shunga qaramay, Mirboqiriy hali hal qilinishi kerak bo‘lgan ayrim to‘siqlar mavjudligini qayd etdi.
Joriy yil 1 mart kuni Eron davlat ommaviy axborot vositalari mamlakat oliy rahbari oyatulloh Ali Xaminaiy AQSh va Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganini rasman tasdiqlagandi.