Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

BAA birinchi marta Eronga zarba bergani aytilmoqda

BAA birinchi marta Eronga zarba bergani aytilmoqda

Isroilning Ynet nashri ma’lumotlariga ko‘ra, zarba Erondagi dengiz suvini chuchuklashtirish ob’ektiga berilgan.

Ta’kidlash joizki, BAA bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Agar Isroil OAV xabariga ishonilsa, BAAning Erondagi suvni chuchuklashtirish qurilmasiga zarba berishi ancha g‘alati ko‘rinadi. Chunki BAA suv ta’minotining taxminan 90 foizini aynan shunday chuchuklashtirish qurilmalari orqali oladi. Shuning uchun Eron tomonidan ularga javob zarbasi berilishi Arab Amirliklari uchun katta falokat bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil ommaviy axborot vositalari Qatar Eronga zarba berganini xabar qilgan, ammo Doha buni rad etgandi.

Shuningdek, Iroq kurdlari yaqin kunlar ichida Eronga qarshi urushga qo‘shilishi xabar berilgan, lekin kurdlar hozircha buni tasdiqlamagan.

Bundan tashqari, Isroil matbuoti Ozarboyjon tez orada Eronga hujum qilishini e’lon qilgan, prezident Aliyev bunday rejalarni rad etgan.

Kiritildi: 17:52 08.03.2026. O'qildi: 3095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!