Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronning Minob shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarbada Tehronni aybladi

Tramp Eronning Minob shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarbada Tehronni aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarning savollariga javoban Minobdagi qizlar maktabiga yo‘llangan zarba uchun Eron rasmiylari javobgar ekanini aytdi. Bu ayblovni uning yonida bo‘lgan Pentagon rahbari Pit Hegset ham tasdiqladi.

"Men ko‘rgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishni eronliklar qilgan. Bilasizki, ularning o‘q-dorilari juda noaniq. Ularda aniqlik umuman yo‘q", – dedi Tramp.

Shundan keyin jurnalist Pentagon rahbari Pit Hegsetga ham shu savol bilan murojaat qildi. U esa shunday javob qaytardi: "Biz, albatta, tekshiruv olib boryapmiz, ammo tinch aholini nishonga oladigan yagona tomon bu – Eron".

Eron janubida joylashgan Minob shahridagi qizlar maktabi Yaqin Sharqdagi urushning ilk kunida, 28 fevral kuni, hujumga uchragandi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida 180 kishi halok bo‘lgan.

Tehron Minobga zarbada Vashingtonni ayblagan. AQSh nashrlari, jumladan The New York Times, Reuters va CNN ham amerikalik harbiylar ushbu zarbaga aloqador bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan. Xususan, The New York Times AQSh harbiy-havo kuchlarining nishoni Minobdagi Islom inqilobi muhofizlari korpusi bazasi bo‘lgani va maktabga xatolik bilan zarba berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.

Kiritildi: 17:29 08.03.2026. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!