AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuvga erishishga bir necha bor juda yaqin kelingan, ammo har safar tomonlardan biri orqaga chekingan.
Uning ta’kidlashicha, bunga asosiy sabab — Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi shaxsiy adovatdir.
“Bu adovat shunchalik kuchliki, ular bilan kelishuvga erishish juda qiyin”, — dedi Tramp.
Shuningdek, u mazkur mojaro AQShga bevosita daxl qilmasligini aytdi va uni hal qilishga Yevropa hamda insoniyatning o‘zi uchun yordam sifatida urinayotganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Tramp tinchlik kelishuvi barbod bo‘lishida Zelenskiyni ayblagan edi.