Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil tanklari G‘azo sektoridagi Rafah shahri yaqinida insonparvarlik yordami tarqatish markazidagi odamlarga qarata o‘t ochdi

Isroil tanklari G‘azo sektoridagi Rafah shahri yaqinida insonparvarlik yordami tarqatish markazidagi odamlarga qarata o‘t ochdi

Bu haqida BBC xabar berdi.

Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, 150 kishi yaralangan.

Rafah shahridagi jurnalist Muhammad G‘ariybning BBC'ga ma’lum qilishicha, minglab falastinliklar AQSh va Isroil ko‘magida ochilgan insonparvarlik yordamini tarqatish markazi atrofida to‘plangan paytda tanklar odamlar ustiga o‘t ochishni boshlagan.

Favqulodda xizmat xodimlari hodisa joyiga bora olmagan. Mahalliy jurnalistlar va faollar halok bo‘lgan va yaralangan aholi vakillarining eshak aravalarda Rafah shahrining Al-Mavasi tumanidagi Xalqaro Qizil Xoch tashkilotining dala kasalxonasiga olib ketilayotgan dahshatli tasvirlarini e’lon qilishdi.

BBC ushbu holat yuzasidan izoh olish uchun Isroil harbiylariga, shuningdek AQSh va Isroil yordami bilan tashkil etilgan G‘azo Gumanitar Fondiga (GHF) murojaat qilgan, biroq hozircha hech qanday javob olmagan.

Kiritildi: 15:42 01.06.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!