Suriya davlat ommaviy axborot vositalari juma kuni kechqurun Isroil harbiylari Suriyaning bir qancha hududlariga yangi zarbalar berganini xabar qilmoqda. Xususan, Damashq shimoli va Hama shahri yaqinidagi hududlar o‘qqa tutilgani ma’lum qilindi.
Avvalroq Isroil armiyasi Damashqdagi prezident saroyi yaqinidagi hududlarni ham o‘qqa tutgan edi. Isroil harbiylarining ta’kidlashicha, ular druz xalqi vakillarini himoya qilishga urinmoqda.
Damashq esa Suriya hukumati vakillari kecha kechqurun druzlar yetakchilari bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.