Isroil razvedkasi Hizbulloh guruhining a’zolari, ularning joylashuvi va iyerarxiyasini to‘liq ochib berish maqsadida yillar mobaynida terabaytlab tasvirlar yiqqan — Financial Times.
Ma’lumotlar, xususan, guruh a’zolarining oila a’zolari telefonlaridan va hatto ovozlarni yozib oladigan zamonaviy televizorlarning masofadan boshqarish pultlaridan olingan.
Ammo katta ma’lumotlar oqimi Hizbullohning Suriyadagi urushda prezident Bashar al-Assad tomonida qatnashgan vaqtda olingan.
Nashr manbalarining aytishicha, Isroil o‘tgan yilning oktyabr oyida Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohni yo‘q qilishga tayyor bo‘lgan, biroq havoga ko‘tarilgan samolyotlar Qo‘shma Shtatlar talabiga binoan qaytarilgan.