CNN xabariga ko‘ra, AQSh maxsus xizmatlari so‘nggi haftalarda bu haqda bir necha bor razvedka ma’lumotlarini olgan, biroq Isroil tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yanada aniqroq.
Amerikalik mulozimlarning fikricha, Isroil shu yo‘l bilan Tramp Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirish masalasini hal qilayotgan paytda unga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda.
Tehronning Trampga suiqasd qilish rejalari haqidagi xabarlar 2020 yil yanvar oyida uning buyrug‘i bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin paydo bo‘la boshlagan.
Trampning o‘zi o‘zini "Eronning o‘ldiriladiganlar ro‘yxatidagi birinchi raqamli nishon" deb atagan. 8 iyul kuni u Anqarada yakunlangan NATO sammitini Qatar sovg‘a qilgan samolyotda emas, balki eski prezidentlik "Air Force One" samolyotida tark etdi. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, bu suiqasd xavfi sababli AQSh Maxfiy xizmatining tavsiyasi bo‘lgan.