Isroil hukumati Quddusda AQSh elchixonasining doimiy binosini qurish uchun yer ajratishni ma’qulladi.
Bu Bosh vazir Benyamin Netanyaxu, Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar va Qurilish vaziri Xaim Kasning qo‘shma bayonotida e’lon qilindi.
Bayonotda elchixonaning qurilishi "AQShning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishga bo‘lgan uzoq muddatli majburiyatining ifodasi" va ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamligini tasdiqlashi ta’kidlangan.
Isroil rahbarlari, shuningdek, ushbu qaror Eronga qarshi Isroil-AQSh qo‘shma operasiyasi kontekstida alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.
"Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoq va strategik sheriklikning mustahkamligini yana bir bor tasdiqlaydi", deyiladi bayonotda.