Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil qamali G‘azoda 57 nafar falastinlikni ochlikdan o‘ldirdi

Isroil qamali G‘azoda 57 nafar falastinlikni ochlikdan o‘ldirdi

"Al Jazeera"ning xabar berishicha, Isroilning G‘azo sektorini qamal qilganidan ikki oydan ortiq vaqt o‘tgach, G‘azo shahri g‘arbidagi Rantisi shifoxonasida Janan Solih as-Saqafiy ismli chaqaloq to‘yib ovqatlanmaslik va suvsizlanishdan vafot etgan.

G‘azo hukumatining matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qamal tufayli hududda kamida 57 nafar falastinlik ochlikdan jon bergan. Xalqaro hamjamiyat chegaralarning ochilishini ta’minlash uchun choralar ko‘rishga chaqirilmoqda.

Isroil armiyasi juma kuni kechqurun Suriyada amalga oshirgan havo hujumlari to‘lqinida kamida ikki nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 52 495 falastinlik halok bo‘lgan, 118 366 nafari esa yaralangan.

G‘azo hukumati matbuot bo‘limi halok bo‘lganlar sonini 61,700 dan ortiq deb e’lon qildi, vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar o‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 20:20 03.05.2025. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!